Xurmatli aksiyador! “Buxorodonmaxsulotlari” AJ Sizni 2022 yil 27 sentabr kuni soat 14.00da aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qiladi.
1.Jamiyatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), aloqa rakamlari, elektron pochta va rasmiy veb-sayti manzili – “Buxorodonmaxsulotlari” AJ, Buxoro shahri, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi, 9-uy, telefon: (0365) 220-45-17. Jamiyatning elektron pochta manzili: info@buxorodon.uz, buxorodon73@mail.ru, veb-sayt: buxorodon.uz.
2.Umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi – 2022 yil 27 sentabr, soat 14.00da, Buxoro shahri, Xalqlar Do’stligi ko‘chasi, 9-uy, “Buxorodonmaxsulotlari” AJ maʼmuriy binosida.
3.Jamiyat aksiyadorlarining ryestri shakllantiriladigan sana – umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar ryestri 2022 yil 29 avgust holatida va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining ryestri (3 ish kuni oldin) 2022 yil 21 sentabr holatida shakllantiriladi.
KUN TARTIBI O‘Z ICHIGA QUYIDAGI MASALALARNI OLADI:
1.Sanoq komissiyasi aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2.Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
3.Jamiyatning 2021 yil moliyaviy ko‘rsatgichlaridan kelib chiqib, sof foyda taqsimoti va dividend to‘lovini qayta taqsimlash to‘g‘risida.
Ro‘yxatga olish soat 13-30da boshlanadi. Aksiyadorlar o‘zi bilan birga pasporti va pasportining nusxasi yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi xujjat bo‘lishi shart. Aksiyadorlarning vakillarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma va pasport bo‘lishi shart.
“Buxorodonmaxsulotlari” AJ Kuzatuv kengashi