Xurmatli aksiyador “Buxorodonmahsulotlari” AJ Sizni 2023 yil 24 mart kuni soat 14.00da aksiyadorlarning navbatdagi Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabardor qiladi.
- Jamiyatning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), aloka rakamlari, elektron pochta va rasmiy veb-sayti manzili: “BUXORODONMAHSULOTLARI” AJ, Buxoro shahri, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi 9 uy, telefon: (0365) 220-45-17. Jamiyatning elektron pochta manzili: info@buxorodon.uz,, buxorodon73@mail.ru, veb-sayt: buxorodon.uz
- Umumiy yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqti va joyi: 2023 yil 24 mart, soat 14.00 da, Buxoro shahri, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi 9 uy, “BUXORODONMAHSULOTLARI” AJ maʼmuriy binosida.
- Jamiyat aksiyadorlarining ryestri shakllantiriladigan sana: umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar ryestri 2023 yil 1 mart holatida va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining ryestri (3 ish kuni oldin) 2023 yil 15 mart holatida shakllantiriladi.
KUN TARTIBI O‘Z ICHIGA QUYIDAGI MASALALARNI OLADI:
- Sanoq komissiyasi aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2022 yilda bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotini tasdiqlash.
- 2022 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha hamda 2023 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to‘g‘risida jamiyat boshqaruv raisining hisobotini tasdiqlash.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PK-4426-sonli qarori talablariga muvofiq 2022 yil yakuni bo‘yicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarni kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorning hisobotini tasdiqlash.
- 2022 yil yakuni bo‘yicha jamiyatda xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, mahalliy mahsulotlarning sifat va narh bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini, import xaridlarini va valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi auditorning xulosasi tasdiqlash.
- Jamiyat taftish komissiyasining 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
- Jamiyat tashqi auditorining 2022 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2022 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansini, foyda va zarar hisob varag‘ini (moliyaviy natijalarni) tasdiqlash.
- Jamiyatning 2022 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.
- Korporativ boshqaruv Kodeksi talablariga muvofiq jamiyatda 2022 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan korporativ baholash bo‘yicha xulosani tasdiqlash.
- Jamiyatning 2023 yil biznes rejasini tasdiqlash.
- Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash.
- Jamiyat taftish komissiyasi aʼzolarini saylash.
- “Jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolarini moddiy rag‘batlantirishi to‘g‘risida”gi nizomga asosan jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi aʼzolarini moddiy rag‘batlantirish.
- Jamiyat boshqaruv raisi bilan shartnomani uzaytirish.
- 2023 yil moliya xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun tashqi auditorini tanlash to‘g‘risida.
- 2023 yil xo‘jalik faoliyati davrida AK “O‘zdonmaxsulot” tizimiga kiruvchi affilangan shahslar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni maʼqullash to‘g‘risida.
- “Buxorodonmahsulotlari” AJga tegishli alohida joylashgan mulkiy majmualar (jamiyat tasischiligida tashkil etilgan non va nonmahsulotlarin sexlari “KO’KSAROY WACHTEL”, “OLTIN BOSHOQ ISSIQ NONI”, “RABOT NON INVEST” MChJlarni, jamiyatga qarashli Romitan tumanida joylashgan “Qo‘rgon” DDKM maskanini, faoliyatsiz turgan “Tong yulduzi” nonvoyxona binosini), jamiyat moddiy tovar omborida mavjud bo‘lgan nolikvid tovarlarni va 3ta yuk avtomashinasini belgilangan tartibda savdoga chiqarish va uni tashkillashtirish to‘g‘risida.
- 2022 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha tashqi auditorining xulosasi.
- Jamiyatning 2022 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari.
- Jamiyat taftish komissiyasining 2022 yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha xulosasi.
- Boshqa xujjatlar.