BUXORODONMAHSULOTLARI

JAMIYAT HAQIDA

Jamiyat to’liq nomi
“Buxorodonmahsulotlari” Aksiyadorlik jamiyati
Jamiyat joylashgan yeri
O’zbekiston Respublikasi, 200122, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Xalqlar do’stligi ko’chasi, 9-uy
Jamiyat tarixi
1995 yil – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 22 apreldagi «O’zdonmahsulot» Davlat Konsernini «O’zdonmahsulot” Davlat aksiyadorlik Korporatsiyasiga qayta tuzish to’g’risida»gi PF-840-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasining 1994 yil 23 fevraldagi “Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 88-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash qo’mitasining 1995 yil 27 apreldagi 123-k-PO-sonli qaroriga asosan “Buxorodonmahsulotlari” davlat korxonasi negizida “Buxorodonmahsulotlari» Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tashkil topildi.
2014 yil – “Buxorodonmahsulotlari” Aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta ro’xatdan o’tkazildi.
Jamiyat faoliyatning maqsadi va sohasi (asosiy yo’nalishlari)
Jamiyatning asosiy maqsadi umumxo’jalik faoliyatidan foyda olish hisoblanadi.
Jamiyat faoliyatining sohasi qoiyidagilardan iborat:
– un ishlab chiqarish va sotish;
– omuxta yem ishlab chiqarish va sotish;
– kepak ishlab chiqarish va sotish;
– urug’lik don tayorlash va sotish.
Ustav fondi
Jamiyat ustav fondi 617 430 200 so’mni tashkil qiladi hamda nominal qiymati 3550 so’m bo’lgan 173 924 dona, shundan 172 994 oddiy dona va 903 dona imtiyozli, aksiyadorlar olgan aksiyalarga (joylashtirilgan aksiyalarga) bo’lingan.
 Tashkiliy tuzilmasi
Jamiyat yuqori boshqaruv organi – jamiyat aksiyadorlarning Umumiy yig’ilishi.
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish boshqaruv organi (qonunchilik va Jamiyat Ustavi bilan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno) – jamiyat Kuzatuv kengashi.
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish boshqaruv organi – jamiyat kollegial ijroyiya organi, Boshqaruv.
Jamiyatning faoliyatini nazorat qiluvchi organlari – Jamiyat Taftish komissiyasi, Ichki audit xizmati va Korporativ maslahatchisi.
Jamiyatning qo‘yidagi shu’ba xo‘jalik jamiyatlari mavjud:
“OLTIN BOSHOQ ISSIQ NONI” MChJ 2017 yilda non va non mahsulotlariga bo‘lgan extiyojini to‘liq qondirish  maqsadida jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Joylashgan eri: Buxoro viloyati, Buxoro shaxri, Piridastgir ko‘chasi.
“KOK SAROY WACHTEL” MChJ 2017 yilda non va non mahsulotlariga bo‘lgan extiyojini to‘liq qondirish  maqsadida jamiyat tomonidan  100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Joylashgan eri: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Naqshband ko‘chasi.
“RABOT NON INVEST” MChJ 2017 yilda non va non mahsulotlariga bo‘lgan extiyojini to‘liq qondirish  maqsadida jamiyat tomonidan 100 foizi ulushi bilan tashkil etilgan. Joylashgan eri: Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Rabotak MFY.
Infratuzilma
Jamiyat yer maydoni  7,377  gektarni tashkil kiladi. Jamiyat xududida ma’muriy binosi, tegirmon, omuxta yem sexi, 3,0 ming tonnalik don saqlash uchun elevatori, 10 ming tonnaga muljallangan don ombori va boshqa infratuzilmaviy  ob’ektlar   mavjud.  Jamiyatning geografik joylashgan yeri Buxoro shahar sanoat zonasi va iqtisodiy jixatdan qulay bo‘lib, jamiyat hududida temir yo’l liniyasi mavjud. Buxoro tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan g‘alla hosili bevosita jamiyat xududida, Buxoro viloyati Romitan, Kurg‘on Romitan, Vobkent, Peshku va Shofirkon tumanlarida fermer xo‘jaliklari tomonidan esa yetishtirilgan g‘alla hosili esa jamiyatga qarashli tumanlaridagi don qabul qilish maskanlarida qabul qilinadi.

Phone